Главная » 2020 » Октябрь » 24 » JSST rahbari koronavirus borasida xavotirli bayonot berdi
10:04

JSST rahbari koronavirus borasida xavotirli bayonot berdi


Koronavirus pandemiyasi keyingi oylarda favqulodda og‘ir o‘tishi kutilyapti. Bu haqda JSST rahbari Tedros Adanom Gebreyesus bugun tashkil etilgan brifingda bayonot berdi.

«Biz koronavirus bilan kasallanishlar pandemiyasining o‘ta og‘ir chorrahasiga yetib keldik», — dedi Gebreyeusus. Ayniqsa, Shimoliy yarimsharda ahvol tanglashayotganini ta’kidlagan JSST rahbari ayrim mamlakatlarda vaziyat o‘ta og‘irlashib ketishidan xavotirini bildirdi.

«Worldometer» ma'lumotiga ko‘ra, ayni paytga kelib jahonda koronavirus bilan kasallanishlar soni 42 272 707 nafarga yetgan. Kasallanganlarning 1 146 215 nafari vafot etgan. Kecha, 22-oktyabr kuni jahon bo‘yicha 479 mingdan ziyod insonda COVID-19 aniqlangan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: JSST, bayonot berdi, rahbari, xavotirli, borasida, Koronavirus | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя