Главная » 2020 » Август » 22 » JSST rahbari pandemiya tugash muddatini ma’lum qildi
22:24

JSST rahbari pandemiya tugash muddatini ma’lum qildi


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesusning bildirishicha, koronavirus pandemiyasi ikki yildan kam vaqt ichida tugaydi.

Shu bilan birga, u 1918 yilda millionlab odamlarning hayotiga zomin bo‘lgan ispan grippi pandemiyasi ikki yil davom etganini esladi.

"Bizda globallashuv bilan bog‘liq zaifliklar, inson ulanishining yuqori intensivligi mavjud, ammo texnologiya afzalliklari ham bor, shuning uchun biz ushbu pandemiyani ikki yildan kam vaqt ichida to‘xtatishga umid qilamiz", - dedi JSST rahbari. "Mavjud vositalardan maksimal darajada foydalanish va yangi vositalarga, masalan, vaksinalarga tayanib, biz 1918 yildagi grippga qaraganda qisqaroq vaqtda yengib olamiz", deb davom etdi Gebreyesus.

JSST ilgari 12 yoshdan oshgan bolalarga kattalar kabi vaziyatlarda niqoblardan foydalanishni tavsiya qilgan edi. Bundan tashqari, ijtimoiy masafolanishga rioya qilish kasallikni oldini olishning eng samarali mexanizmlaridan biri hisoblanadi.

Jon Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, 22 avgust kuni pandemiya boshlanganidan beri dunyo bo‘ylab 23 milliondan ortiq infeksiya holatlari aniqlangan, 800 mingdan ortiq kishi hayotdan ko‘z yumgan va deyarli 15,7 million kishi tuzalib ketgan.

11 mart kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yangi koronavirus infeksiyasi COVID-19'ni pandemiya darajasida ekanligini e’lon qildi.


Manba: "sof.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: JSST, rahbari, pandemiya, tugash muddatini, ma’lum qildi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя