Главная » 2020 » Март » 21 » JSST: tamaki va alkogol – koronavirus yuqtirib olishni keskin oshiradi
09:54

JSST: tamaki va alkogol – koronavirus yuqtirib olishni keskin oshiradi


Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining bosh direktori Tedros Adxan Gebreyesus koronavirus pandemiyasi davrida alkogol va chekishni tashlashni tavsiya qildi. Bu haqda JSST bayonotida ma’lum qilingan.

Gebreyesusning so‘zlariga ko‘ra, chekish koronavirusning jiddiy rivojlanishiga hissa qo‘shishi mumkin. Bundan tashqari, u ovqatlanishga e’tibor berish zarurligini ta’kidladi. Foydali va sog‘lom taomlar iste’mol qilishga chaqirdi.   

Shuningdek, kuniga kamida 30 daqiqa sport bilan shug‘ullanish tavsiya etiladi, dedi JSST rahbari. U masofadan turib, uydan turib ishlayotganda uzoq vaqt bir holatda qolmaslikni, har yarim soatda uch daqiqali tanaffus qilish zarurligini ta’kidladi.

“Eng muhimi va e’tibor qaratadigan jihati – bu alkogol mahsulotlarining zararidir. Oddiy hayotda ham spirtli ichimliklar salomatlik uchun o‘ta zarardir. Ammo infeksiya tarqalgan bir paytda uni iste’mol qilish odam immun tizimiga qattiq shikast yetkazadi. Oqibatda, infeksiya yuqtirib olish xavfi keskin ortadi”, dedi Tedros Adxan Gebreyesus.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя