Главная » 2020 » Июнь » 6 » JSST tibbiy niqoblarni taqish bo‘yicha tavsiyalarni o‘zgartirdi
17:46

JSST tibbiy niqoblarni taqish bo‘yicha tavsiyalarni o‘zgartirdi


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tibbiy niqoblarga nisbatan pozitsiyasini o‘zgartirdi. Tashkilot endi hukumatlarga jamoat joylarida matodan ishlangan niqoblar taqishni majburiy qilishni maslahat berdi. Bu haqda VVS ma’lum qildi.

Pandemiya boshlanishida JSST faqat koronavirus bilan og‘rigan bemorlar, alomatlari bo‘lgan yoki ular bilan aloqada bo‘lgan odamlar tibbiy niqob taqishlari kerakligini ta’kidlagan edi. Tashkilot niqoblar virusdan himoya qilishiga shubha bilan qaradi va qo‘llarni tez-tez yuvishga e’tibor berishni maslahat bergandi.

Biroq so‘nggi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadki, tibbiy niqoblar to‘g‘ri ishlatilganda, infeksiyadan samarali himoya qilish mumkin. Tashkilot tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, odamlar koronavirusni biron bir alomatga ega bo‘lishidan oldin ham yuqtirishlari mumkin ekan.

Shu bilan birga, JSST shunchaki niqob taqish natija bermasligini ta’kidlamoqda - chora-tadbirlarning to‘liq hajmini kuzatish muhimdir.

"Faqat niqoblarning o‘zigina sizni koronavirusdan himoya qila olmaydi", dedi JSST rahbari Tedros Adanom Gebreisus.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: tavsiyalarni, bo‘yicha, o‘zgartirdi, JSST, taqish, tibbiy niqoblarni | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя