Главная » 2020 » Май » 10 » JSST vakili chekuvchilar orasida COVID-19 bilan kasallanish holatlarining kamligiga izoh berdi
09:54

JSST vakili chekuvchilar orasida COVID-19 bilan kasallanish holatlarining kamligiga izoh berdi


Tamaki mahsulotlarini chekish koronavirusdan himoya qilmaydi, aksincha COVID-19’ning og‘ir bosqichi boshlanishiga sharoit yaratadi. Bu haqda JSST favqulodda kasalliklar boshqarmasi rahbari Mariya van Kerxov ma'lum qilgan.

U jurnalistlarning Fransiyada o‘tkazilgan tadqiqotlarda chekuvchilar chekmaydiganlarga nisbatan kamroq COVID-19 bilan kasalxonaga yotqizilayotgani ma’lum bo‘lganligi haqidagi savollariga javoban bu kabi tadqiqotlarning natijalari haqiqatan ham OAVda e’lon qilingani, biroq ularga taqriz berilmaganini bildirgan. Shuningdek, van Kerxov tadqiqotlar chekish koronavirusdan himoya qilishini isbotlash maqsadida o‘tkazilmaganligini qayd etgan.

JSST vakili chekish nafas yo‘llariga zarar keltirishi va bu koronavirusga bevosita aloqador ekanini eslatgan.

“E’lon qilingan tadqiqotlar natijalarining bir nechtasi tamaki chekish kasallikning og‘ir oqibatlarini keltirib chiqarishini aniqlagan”, — deydi JSST vakili.

Kerxov chekuvchilar sun’iy nafas berish apparatlariga yotqizilishi va kasallik oqibatida vafot etishi mumkinligi haqida ham gapirdi.

Aprel oyida fransiyalik olimlar Parij kasalxonalariga COVID-19 koronavirus infeksiyasini yuqtirgani tufayli yotqizilgan 11 ming nafar bemorning 8,5 foizi chekuvchilar ekanini aniqlagan, mamlakatdagi chekuvchilar esa aholining 25,4 foizni tashkil qiladi.

Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi ham chekuvchilar orasida koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlari kam kuzatilayotgani ilmiy jihatdan asoslanmaganini qayd etgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: covid-19, vakili, JSST, kasallanish holatlarining, chekuvchilar, izoh berdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя