Главная » 2020 » Март » 30 » Juftlik 65 yil birga yashab bir kunda koronavirusdan vafot etdi
21:56

Juftlik 65 yil birga yashab bir kunda koronavirusdan vafot etdi


Chikagoda keksa juftlik koronavirus sabab vafot etdi. Ular 65 yil birga umr kechirib, bir kunda bu dunyoni tark etishdi.

"Mening bobom va buvim COVID-19 sabab bir kunda vafot etdi. Yaqinlaringizni asrang", deb yozdi marhumlarning nabirasi Tvitterda.

Ma’lum bo‘lishicha, ular 65 yillik umr davomida 6 farzand va 18 nabira ko‘rishgan. 

Ma’lumot uchun, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti joriy yilning 11 mart kuni koronavirus kasalligini pandemiya, deb e’lon qildi. Hozirgacha ushbu virus dunyoning 177 mamlakatida aniqlangan. Kasallik dunyo bo‘yicha 746 178 nafar odamda qayd qilingan. Ularning 35 347 nafari vafot etgan, 157 098 nafari esa ushbu kasallikdan forig‘ bo‘lgan. Hozirda kasallik yuqtirgan 553 733 nafar odam karantinda yoki shifoxonada davolanmoqda. Ularning 525 218 nafari yoki 95 foizi qoniqarli ahvolda, 28 515  nafarining ahvoli og‘ir.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя