Главная » 2017 » Апрель » 20 » Juliya Roberts dunyoning eng go‘zal ayoli bo‘ldi
09:29

Juliya Roberts dunyoning eng go‘zal ayoli bo‘ldi


Juliya Roberts dunyoning eng go‘zal ayoli bo‘ldi. Aynan shu nom ostida “People” jurnali maxsus soni muqovasida aktrisaning surati e’lon qilindi.

“Juliya Roberts “People”ning “Dunyoning eng go‘zallari” reytingiga bag‘ishlangan soni muqovasida birinchi marta paydo bo‘lganiga 26 yil bo‘ldi va u hali hamon bizning sevimli go‘zalimiz bo‘lib qolmoqda”, deyiladi xabarda.

49 yoshli Roberts bu yil beshinchi bor ushbu maqomga ega bo‘lib, rekord o‘rnatdi. Bu faktni aktrisaning o‘zi “xushomad” deb atadi. U dastlab 1991 yilda 23 yoshida ana shu nomga sazovor bo‘lgan.

Ma’lumot o‘rnida, 2016 yilda reytingni boshqa amerikalik aktrisa — Jennifer Eniston, 2015 yilda esa Sandra Bullok boshqargan edi.

Sumbula

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Jahon yulduz | | Теги: Eng Go‘zal, Dunyo, Juliya Roberts, ayoli bo‘ldi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя