Главная » 2017 » Август » 24 » Jurnalistlar Putin “Sherlok Xolms” filmidagi uydan dala-hovli sifatida foydalanganidan xabar topdi
15:50

Jurnalistlar Putin “Sherlok Xolms” filmidagi uydan dala-hovli sifatida foydalanganidan xabar topdi


1913-yilda qurilgan, Sherlok Xolms haqidagi sobiq ittifoq filmlari suratga olingan hovli-joy ta’mirdan chiqarilgan va hozirda shahar tashqarisidagi qarorgoh sifatida foydalanilmoqda, u yerda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham dam oladi, deya xabar bermoqda “Dojd”. Rossiyaning Leningrad viloyati Viborg tumanida joylashgan qarorgoh qo‘shnilaridan birining so‘zlariga ko‘ra, Putin u yerga odatda yiliga bir marta uchib keladi.

“Ularning devori — besh kilometr. Butun o‘rmonni, butun sohilni berishdi. Odamlar baliq tutishga boradigan joy yo‘q”, — dedi manba.

Telekanal ta’kidlashicha, villa egalari Putin hamda “Rossiya” banki aksiyadorlariga aloqador kishilar bo‘lib chiqqan.

“Rosreyestr” ma’lumotlariga ko‘ra, qarorgoh hududidagi barcha inshootlar “Sever” kompaniyasiga tegishli. 2014-yilgacha bu kompaniyaga Boltiq media guruhi rahbari Oleg Rudnikov egalik qilgan. Uning o‘limidan keyin o‘g‘li Sergey qo‘liga o‘tgan.

Shuningdek, “Dojd” telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, qarorgohning ta’mirlanishiga Ilya Traberning ham aloqasi bo‘lib, uni OAVlar Peterburg jinoyat olamining yetakchilaridan biri deb atamoqda.

 


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Jurnalistlar, Xabar, foydalanganidan, topdi, uydan dala-hovli sifatida, Putin “Sherlok Xolms” filmidagi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя