Главная » 2020 » Март » 8 » Ka’ba yana ziyoratchilar uchun ochildi
11:38

Ka’ba yana ziyoratchilar uchun ochildi


Xabaringiz bor, joriy yilning 27 fevralidan e’tiboran Saudiya Arabistoni yangi koronavirus tarqalishining oldini olish uchun qator cheklovlar joriy qilgandi. Xususan, hukumat musulmonlar uchun Umra ziyoratini amalga oshirish va Madinada Nabaviy Masjidini ziyorat qilishni  vaqtincha to‘xtatib qo‘ygan edi. 

Bu orada doim odamlar bilan gavjum bo‘lgan Makka shahridagi Masjid al-Haram masjidi, jumladan Ka’ba atrofi tozalash va dorilash ishlari sabab bo'sh qolgandi. 

Saudiya Arabistoni podshohligi Ka’ba yana ziyoratchilar uchun ochilganini e’lon qildi. 

Ma’lumot o‘rnida, koronavirus bugungacha 89 mamlakatda aniqlandi. Ro‘yxatda Saudiya Arabistoni ham bor. Mamlakatda kasallik chalinganlar 7 kishini tashkil etmoqda. Dunyo bo‘ylab ushbu virus bilan og‘rigan 106 052 nafarga yetdi. Qurbonlar soni esa 3600 kishi tashkil etmoqda. Kasallikni ortda qoldirib, davolanganlar esa 59 835 tani tashkil etmoqda. 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя