Главная » 2020 » Август » 11 » Kabobning zararini kamaytirish usullari aytildi
21:54

Kabobning zararini kamaytirish usullari aytildi


Gastroenterolog shifokor va diyetolog Nuriya Dianova kabobni iste'mol qilishdan kelib chiqadigan zararni kamaytirish usullari haqida so‘zlab berdi.

Uning so‘zlariga ko'ra, birinchi navbatda, kabobni me'yorida iste'mol qilish lozim, chunki juda ko‘p miqdordagi hayvon oqsili organizm tomonidan yomon o‘zlashtiriladi. Bu esa o‘z navbatida saratonni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan holatlarga, jumladan, surunkali ich qotishi va kolitga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, shifokor go‘sht bilan birga bodring va ko‘katlarni iste'mol qilishni tavsiya etdi, bu esa kabobning «saraton po‘sti» ta'sirini kamaytiradi.

Dianova go‘shtni tushlikkacha iste'mol qilish lozimligini, kechki ovqatga esa yengilroq taomlar – tvorog, tuxum, tuzsiz pishloqli salatlar, baliq yoki dengiz mahsulotlarini yeyish yaxshiroq ekanini ta'kidladi.

Bundan tashqari, shifokor har ovqatlanishda oqsilning bir turi va kletchatkaning bir turini qo‘shishni tavsiya qildi. Bu ateroskleroz, saraton va diabetning rivojlanishini oldini oladi va ortiqcha vazn to‘plashdan saqlaydi. Diyetolog fikriga ko‘ra, o‘simlik oqsili va hayvon oqsiliga ega ovqatlarni navbati bilan iste'mol qilish – eng yaxshi usul.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: zararini, usullari aytildi, Kabobning, kamaytirish | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя