Главная » 2020 » Сентябрь » 23 » Kal bo‘lib qolmaslik uchun foydali mahsulotlar
18:58

Kal bo‘lib qolmaslik uchun foydali mahsulotlar


Diyetolog Rayan Raman soch to‘kilishini sekinlashtirishga yordam beradigan oziq-ovqat mahsulotlarini ma’lum qildi. Bu haqda «Express» xabar berdi.

Bunday mahsulotlar orasida mutaxassis, ayniqsa, avokadoni alohida ta’kidlab o‘tgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bitta meva tarkibida soch terisini himoya qiladigan Ye vitaminiga bo‘lgan kunlik ehtiyojning taxminan 20 foizi bor.

Shuningdek, sochni mustahkamlash uchun diyetolog batatni maslahat beradi — ushbu sabzavot beta-karotinning boy manbai bo‘lib, soch o‘sishini tezlashtiradi.

«Kerakli ozuqaviy moddalarni o‘z ichiga olgan to‘g‘ri parhez yomon ovqatlanish tufayli to‘kilib ketgan soch o‘sishiga yordam beradi», — deydi shifokor.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: kal, qolmaslik, foydali mahsulotlar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя