Главная » 2021 » Октябрь » 18 » «Kalmar o‘yini» seriali «Netflix»ga qancha daromad keltirdi?
14:41

«Kalmar o‘yini» seriali «Netflix»ga qancha daromad keltirdi?


Janubiy Koreyaning «Kalmar o‘yini» seriali barcha reyting va rekordlarni uryapti. Bir oy avval chiqqan ushbu loyiha o‘zi start olgan maydon — «Netflix»ga juda katta daromad keltiradi.

Hozirgacha olingan ma’lumotlar tahlili asosida ekspertlar serial «Netflix»ga 891 mln. dollar keltirishini chamalashyapti. Solishtirish uchun: bu «Kalmar o‘yini»ga sarflangan 21,4 mln. dollardan 40 baravar ko‘p!

Serialga ulangan 132 mln. akkauntdan 87 millioni faslni oxirigacha tomosha qilgan. Bu umumiy ko‘rsatkichning 66 foizini tashkil etadi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: daromad, Netflix, Kalmar o‘yini | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя