Главная » 2016 » Декабрь » 21 » Kamilla barchani yangi “Yangi yil” klipida ishtirok etish uchun taklif qildi
15:17

Kamilla barchani yangi “Yangi yil” klipida ishtirok etish uchun taklif qildi


O‘zining “Endi sevmaganday”, “Illyuziya” kabi taronalari bilan muxlislari qalbidan joy olgan va ijodida biroz tanaffus olgan xonanda Kamilla yana ijodga qo‘l urdi.

U Yangi yil bayrami arafasida o‘zining yangi “Noviy god” qo‘shig‘ini taqdim etdi. Xonanda mazkur klipda ishtirok etish uchun barchaga birday imkon borligini ma’lum qildi.

“Tanlov e’lon qilaman. “Noviy god” taronasiga selfi yoki video suratga oling - kuylang, raqsga tushing, quvoning, archa yasating, mashina haydang, sayr qiling... Qaerdaligini ahamiyati yo‘q, ishda, maktabda, ko‘chada, kasalxonada, mashinada, institut yoki do‘konda... Kim bilanligi ham ahamiyatsiz, do‘stlar, yaqinlar, hayvonlar, oddiy o‘tkinchilar... Eng asosiysi videoni gorizontal holatda suratga oling. Siz yuborgan videoni yangi klipga qo‘shishdan hursand bo‘laman. Videoni kamilla@pomidor.uz elektron manziliga yuborasiz. Intizorlik bilan kutaman”, deb yozadi Kamilla.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Klip, Yangi Yil, barchani yangi, Kasting, Kamilla | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя