Главная » 2017 » Апрель » 5 » “Kamolot” YoIH Markaziy Kengashi raisi o‘zgardi
21:34

“Kamolot” YoIH Markaziy Kengashi raisi o‘zgardi


O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Harakatning Vasiylik Kengashi hamda Markaziy Kengashi a’zolari ishtirok etdilar, deya xabar berdi Harakat Axborot xizmati.

Yig‘ilishda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining navbatdagi Qurultoyini tashkil etish va o‘tkazish, shuningdek, Harakat faoliyatiga doir ishlar muhokama etilib, tashkiliy masala ko‘rildi.

Majlisda O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi raisi etib Tadjiev Odiljon Fotixjonovich saylandi.

Ma’lumot uchun, Odiljon Tadjiev 1984 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2006-yil O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universitetini tamomlagan, mutaxassisligi huqushunos. 2014-2015 yillarda Harakatning Toshkent viloyat Kengashi raisi sifatida faoliyat yuritgan. 2015 yil esa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati etib saylangan.

Yig‘ilishda kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Bobur Jalolov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Kamolot | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя