Главная » 2020 » Март » 25 » Karantin: “arenda”ga joy olganlarning savoliga javob berildi
19:09

Karantin: “arenda”ga joy olganlarning savoliga javob berildi


O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasi kirib kelgach, mamlakatda qator taqiqlov choralari joriy etildi. 24 martda esa karantin choralari kuchaytirilib, mulki ob’ektlaridan ijara shartnomasi asosida foydalanayotgan turli tadbirkorlar va xizmat ko‘rsatuvchilarning faoliyati to‘xtatib qo‘yildi. Natijada ijaraga joy olganlar puliga “kuyib” qolish xavfi paydo bo‘ldi.

Ayni shu masalaga Davlat aktivlarini boshqarish agentligi axborot xizmati rahbari Mo‘min Ibodov oydinlik kiritdi.

“Shu kunga qadar davlat mulki ob’ektlaridan ijara shartnomasi asosida umumiy ovqatlanish, o‘quv markazlari, jismoniy tarbiya, sport, turizm va boshqa sohalarda foydalanib kelayotgan, ammo karantin sababli Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan tadbirkorlik sub’ektlariga 24 mart sanasidan boshlab foydalanmagan davr uchun xech qanday ijara puli hisoblanmaydi va to‘lanmaydi”, dedi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi axborot xizmati rahbari Mo‘min Ibodov

Pandemiya vaqtiga investitsiya majburiyatlari bajarilmagani uchun penya va jarima qo‘llanilmaydi, shartnomalar bekor qilinmaydi. Investitsiya majburiyatlarini bajarish muddatlari uzaytirib beriladi. Buning uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va uning hududiy tuzilmalariga murojaat qilishlari lozim.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя