Главная » 2020 » Март » 16 » Karantin davrida ishdan chetlatilgan xodimga nafaqa to‘lanadimi?
18:34

Karantin davrida ishdan chetlatilgan xodimga nafaqa to‘lanadimi?


Agarda xodim karantin vaqtida sanitariya-epidemiologiya organlari tomonidan atrofidagi shaxslar orqali yuqumli kasallikka chalinish xavfini oldini olish maqsadida ishdan chetlatilgan bo‘lsa, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa beriladi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali ma'lum qildi.

Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi mehnatda mayib bo‘lgan va kasb kasalligiga chalinganda ish haqining to‘liq miqdorida, boshqa hollarda esa ish haqining 60 foizidan 100 foizigacha miqdorda to'lanadi.

Bunday nafaqaning eng kam miqdori mehnatga haq to‘lash eng kam miqdori ning (679 ming 330 so‘m) 35,2 foizidan, ya’ni 239 ming 124 so‘mdan oz bo‘lmasligi va nafaqa hisoblab chiqariladigan ish haqi miqdoridan ortib ketmasligi lozim.

Avvalroq maktabgacha ta’lim muassasasida yoki olti yoshga to‘lmagan bolaga o‘rnatilgan karantin davrida unga qarovchi ota-onasidan biriga o‘n to‘rt kalendar kunidan oshmagan muddatga mehnatga layoqatsizlik varaqasi berilishi haqida ma'lum qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, 15-mart kuni Fransiyada bo‘lib qaytgan o‘zbekistonlik ayolda COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlagan edi. Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan o‘zbekistonlik ayolning oila a’zolari, shuningdek, u bilan samolyotga kelgan boshqa yo‘lovchilarning bari aniqlanib, umumiy hisobda 150 kishi izolyatsiyaga olingan.


Manba: "daryo.uz"
| Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя