Главная » 2020 » Март » 27 » Karantin paytida 0,5 stavka o‘rindosh xodimlarni ishdan bo‘shatilishi qonuniymi?
20:13

Karantin paytida 0,5 stavka o‘rindosh xodimlarni ishdan bo‘shatilishi qonuniymi?


Karantin paytida mehnat ta’tiliga majburiy chiqarish, 0,5 stavka o‘rindosh xodimlarni ishdan bo‘shatilishi qonuniymi? Ushbu savol bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri matbuot kotibi Sevara O‘rinboyevaga murojaat qilindi.

“Mehnat qonunchiligiga ko‘ra, xodimning aybisiz bekor turib qolingan vaqtda uning o‘rtacha ish haqi saqlanadi. 

Shuningdek, agar korxona butunlay tugatilgan hollar bo‘lmasa, xodim vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrida va mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan ta’tillarda bo‘lgan davrida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi”, deydi O‘rinboyeva savolga javoban.

Ma’lumot o‘rnida, dunyo miqyosida koronavirusga chalinganlar 542 788 kishini tashkil etmoqda. Ushbu kasallikdan bugungacha 24 361 kishi vafot etdi. Kasallanganlarning 124 351 virusdan butkul forig‘ bo‘lgan. 

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя