Главная » 2020 » Март » 31 » Karantin qoidalari eng ko‘p qaysi hududlarda buzilyapti?
12:15

Karantin qoidalari eng ko‘p qaysi hududlarda buzilyapti?


Karantin tadbirlari e’lon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar O‘zbekiston bo‘yicha karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami – 14 968 ta holat aniqlangan

Ichki ishlar vazirligi mazkur ro‘yxatni hududlar kesimida e’lon qildi:

•  Toshkent shahrida – 2 621 ta holat; 

•  Toshkent viloyatida – 1 311 ta holat;

•  Jizzax viloyatida – 1 237 ta holat;

•  Buxoro viloyatida – 705 ta holat; 

•  Samarqand viloyatida – 1 558 ta holat;

•  Qashqadaryo viloyatida – 777 ta holat;

•  Surxondaryo viloyatida – 995 ta holat;

•  Xorazm viloyatida – 370 ta holat;

•  Sirdaryo viloyatida – 593 ta holat;

•  Farg‘ona viloyatida – 1 934 ta holat;

•  Navoiy viloyatida – 241 ta holat;

•  Namangan viloyatida – 1 167 ta holat;

•  Andijon viloyatida – 900 ta holat;

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 559 ta holatni tashkil etmoqda.

Karantin qoidalari va saniyatariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda. 

Misol uchun, 30 mart kuni Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Muqanna ko‘chasida yashovchi, 1997 y.t. fuqaro A.A. jamoat joyida tibbiy niqobsiz yurganligi aniqlanib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasining 1-qismi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

29 mart kuni soat 11:00 larda fuqaro B.R.ga Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, “Abay” mahallasi, Xalqlar Do‘stligi ko‘chasida tibbiy niqobsiz karantin qoidalarini buzib va spirtli ichimlik ichib mast holda fuqarolar tinchiligini buzganligi uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi, 194-moddasining 2-qismi hamda 54-moddasining  1-qismiga  asosan 10 sutka qamoq jazosi berilgan.

30 mart kuni Namangan viloyati, Uychi tumani, “Xizirobod” mahallasida yashovchi 1986 y.t., fuqaro A.Yu. karantinga olingan bo‘lsada, karantin joyini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketganligi aniqlanib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

29 mart kuni  Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar, “Mahallot” mahallasi, Olmazor ko‘chasida yashovchi, Qarshi shahar, “A.Navoiy” mahallasida joylashgan kompyuter o‘yinlari markazi ish boshqaruvchisi 1992 y.t. E.G‘. kompyuter o‘yinlari markazining ish faoliyatini davom ettirganligi holati aniqlanib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi 2-qismi bilan ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilgan.

Eslatib o'tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar 158 nafarga yetdi. Ularning 7 nafari kasallikdan forig' bo'ldi, 2 kishi vafot etdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя