Главная » 2020 » Сентябрь » 12 » Karantin qoidalariga zid ravishda eng ko‘p to‘y qaysi viloyatda o‘tkazilgan?
11:46

Karantin qoidalariga zid ravishda eng ko‘p to‘y qaysi viloyatda o‘tkazilgan?


Respublika bo‘yicha karantin qoidalariga rioya qilmagan holda o‘tkazilgan eng ko‘p to‘y marosimlari Farg'ona viloyatida aniqlangan. Bu haqda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Baxtiyor Berdialiyev «Daryo» muxbiri Musulmonbek Ibrohimovga bergan qisqacha intervyusida aytib o‘tdi.

Polkovnik Baxtiyor Berdialiyevning ma’lum qilishicha, 16 avgustdan buyon mahalla faollari va ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan nazorat tadbirlari natijasida karantin qoidalariga rioya qilmagan holda o‘tkazilgan 243 ta to‘y marosimi aniqlangan.

«Jumladan, Toshkent shahrida 1 ta, Sirdaryoda 31 ta, Farg'onada 75 ta, Jizzaxda 20 ta, Qashqadaryoda 20 ta, Buxoroda 7 ta, Andijonda 11 ta, Surxondaryoda 20 ta, Xorazmda 7 ta, Navoiyda 5 ta, Namanganda 30 ta, Samarqandda 10 ta va Qoraqalpog‘istonda 6 ta holatda karantin qoidalariga rioya qilinmay to‘y marosimlari o‘tkazilgan. Barcha marosim egalariga nisbatan bayonnomalar rasmiylashtirilgan», – dedi Baxtiyor Berdialiyev.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘ining ta’kidlashicha, asosiy maqsad chora ko‘rish yoki jazolash emas. «Har bir o‘tkazilayotgan marosimda xonadon a’zolari va tashrif buyuradigan mehmonlarning salomatliklarini asrash muhimligini aholiga tushuntirish», deya qo‘shimcha qildi polkovnik.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: qoidalariga zid ravishda, karantin, To‘y, eng ko‘p | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя