Главная » 2020 » Апрель » 13 » Karantin qoidalarini buzganlar 500 marta «kechirim so‘rashga» majbur qilindi
21:39

Karantin qoidalarini buzganlar 500 marta «kechirim so‘rashga» majbur qilindi


Hindiston shimolidagi Uttarakxand shtati politsiyasi koronavirus tufayli izolyasiya tartibini buzgan 10 nafar xorijlik sayyohni qog‘ozga 500 marta «kechiring» deb yozishga majbur qilindi, deya xabar berdi «Indian Express» gazetasi.

Hindiston koronavirus pandemiyasi tufayli 25-martdan 14-aprelgacha izolyasiya tartibini joriy etgan. Hukumat mamlakat aholisini jiddiy sababsiz ko‘chaga chiqmaslikka chaqirgan, jamoat transporti, taksi, metro va temiryo‘l harakatini cheklagan. Shuningdek, 14-aprelgacha ichki va xalqaro aviareyslar bekor qilingan.

«Xorijlik fuqarolar izolyasiya tartibini buzishdi. Vaholanki, ogohlantirilib, xonada qolish maslahat berilgandi. Ularning har biriga «Men qoidaga amal qilmadim, kechiring» deb qog‘ozga 500 marta yozish buyurildi», — deydi politsiyachi Vinod Sharma.

Voqea shanba kuni sodir bo‘lgan, lekin ko‘pgina OAV bu haqda dushanba kuni yoza boshladi. Chop etilgan gazetadagi fotosuratlarda Ganga daryosi sohilida o‘tirgan xorijlik sayyohlar politsiya nazorati ostida «uzr»ini yozishyapti. Nashrning ta’kidlashicha, izolyasiya tartibini bvzuvchilar AQSh, Avstraliya, Meksika va Isroildan kelgan sayyohlar bo‘lgan.

Politsiyaning ma’lum qilishicha, ushbu okrugda turli mamlakatlardan kelgan jami 500 nafar sayyoh bor. Politsiya «noxush vaziyatlar»ning oldini olish maqsadida shahardagi barcha mehmonxonalarga xorijlik sayyohlarga hamroh bo‘lishni so‘rab murojaat qilgan. Mazkur ko‘rsatmalarga amal qilmagan mehmonxonalar ishi sudga tortilishi mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Hindistonda 9152 kishi koronavirusga chalingan bo‘lib, ulardan 308 nafari hayotdan ko‘z yumgan. 856 kishi tuzalgan. Yana qariyb 8 ming kishi davolanmoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Karantin qoidalarini buzganlar, majbur qilindi | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя