Главная » 2021 » Апрель » 6 » Karantin qoidasini buzgan yigitni 300 marta o‘tirib-turishga majbur qilishdi: uning yuragi to‘xtab qoldi
23:26

Karantin qoidasini buzgan yigitni 300 marta o‘tirib-turishga majbur qilishdi: uning yuragi to‘xtab qoldi


Filippinning Kavite provinsiyasida politsiyachilar COVID-19 tufayli mamlakatda joriy etilgan karantin qoidalarini buzganlarni o‘tirib-turishga majbur qilishdi va shu tariqa bir insonning umriga zomin bo‘lishdi. Bu haqda mahalliy Rappler yangiliklar portali xabar bermoqda.

28 yoshli Darren Manaog Penaredondo va uning do‘stlari 1-aprel, payshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:00 dan keyin suv sotib olish uchun ko‘chaga chiqqanlarida to‘xtatilgan. Amakivachchasi Adrian Lusenaning «Facebook»da yozishicha, karantin qoidalarini buzganlik uchun jazo tariqasida patrul xizmati xodimlari yigitlarni 100 marta o‘tirib-turishga majburlashgan.

Lusenaning so‘zlariga ko‘ra, yigitlar jazoni bir tekis bajarishmagan. Shu bois ular qayta-qayta boshlashlariga to‘g‘ri kelgan. Natijada huquqbuzarlarning har biri 300 marta o‘tirib-turishga majbur bo‘lgan.

Penaredondo 2-aprel kuni ertalab soat 6 da uyiga qaytib kelgan va mushak og‘rig‘idan shikoyat qilgan.

«O‘sha kuni u umuman qadam bosolmadi, shunchaki sudralib yurdi. Ammo vahima qilmadim, chunki u bu shunchaki mushak og‘rig‘i ekanligini aytdi», — deb eslaydi uning qallig‘i Raychelin Bals.

Keyingi kuni Penaredondoning yuragi xuruj qilib, nafas ololmay qoldi. Bals qo‘shnilarini yordamga chaqirdi, lekin ular yigitni jonlantira olishmadi. Politsiya yuz bergan hodisadan xabardor qilingan.

General Trias shahar politsiyasi boshlig‘i Marlo Soleroning ta’kidlashicha, o‘z-o‘zini izolyasiya qilish tartibini buzgan fuqarolarga nisbatan jismoniy jazo qo‘llash taqiqlanadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, patrul xizmati xodimlari faqat tanbeh berishlari mumkin. Jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: yuragi, majbur, o‘tirib-turishga, to‘xtab | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя