Главная » 2020 » Апрель » 10 » Karantin Ramazongacha tugaydimi?
22:26

Karantin Ramazongacha tugaydimi?


Joriy yil Ramazon oyi katta ehtimol bilan 24 aprel kuni boshlanishi kutilmoqda. Shu nuqtai nazardan olib qaraydigan bo‘lsak, ertaga, 11 aprel kuni nafaqat O‘zbekistonda, balki dunyoning barcha musulmon mamlakatlarida koronavirus bilan bog‘liq muhim kun. 

Ma’lumki, koronavirus pandemiyasi bilan sabab ko‘plab mamlakatlarda yuqori darajada karantin cheklovlari o‘rnatilgan. Masjidlar ibodatlar uchun yopilgan, ularda, hatto, juma namozlari ado etilmayapti. Saudiya Arabistoni podshohligi ham Umra ziyoratiga taqiqlar qo‘ydi bu taqiqlar Haj ziyoratiga nisbatan ham tatbiq etilishi ehtimoldan xoli emas.

Ayni vaqtda dunyo aholisini o‘ylantirayotgan asosiy savol shu: karantin qachon tugaydi? Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va mahalliy mutaxassislarning qayd etishlari, karantin mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq so‘nggi holat qayd etilganidan yana 14 kun o‘tib tugashi mumkin. 

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov shunday degan edi:

“Karantin oxirigi aniqlangan bemor shifoxonaga yotqizilgandan keyin (alohidalangandan) 14 kun o‘tgandan keyin va bu holatga to‘liq ishonch hosil qilgandan keyin karantinni bekor qilish masalasi ko‘rib chiqiladi”. 

Agar ertaga, 11 aprel kunidan e’tiboran O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq qayd etilmasa, Ramazon oyini xotirjam, viruslar xavfidan nisbatan xoli qarshilaymiz. Karantin cheklovlari ham birin-ketin bartaraf etiladi. Buning uchun karantin qoidalariga jiddiy rioya qilinishi juda muhim. 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Ramazon, tugaydimi, karantin | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя