Главная » 2020 » Август » 10 » Karantin talablari bosqichma-bosqich yumshatiladi - Prezident
20:34

Karantin talablari bosqichma-bosqich yumshatiladi - Prezident


10 avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyev aholi salomatligini mustahkamlash va xavfsizligini oshirish, ekologik osoyishtalikni ta'minlash, chiqindilarni qayta ishlash tizimini takomillashtirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yig‘ilish boshida davlat rahbari koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyatga to‘xtalib o‘tgan.

Xususan, barcha hududlarda davolash o‘rinlari va tibbiy uskunalar soni bir necha barobar ko‘paytirilgani, tez tibbiy yordam va davolash sifati yaxshilangani natijasida oxirgi bir haftada O‘zbekiston bo‘yicha koronavirusdan sog‘ayish ko‘rsatkichi oshgani qayd etilgan.

«Fuqarolar hayoti va sog‘lig‘i himoyasini yanada kuchaytirgan holda, pandemiya sharoitida yashash va ishlashda davom etish, karantin talablarini bosqichma-bosqich yumshatish muhimligi ta'kidlandi», – deyiladi rasmiy relizda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 15 avgustga qadar karantin cheklovlari e'lon qilingan, ko‘plab faoliyat turlari yopiqligicha qolmoqda.

Karantin yumshatilishi haqida Senatning 7 avgustdagi yalpi majlisida parlament yuqori palatasi raisi Tanzila Norboyeva ham aytib o‘tgan edi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: bosqichma-bosqich, Karantin talablari, prezident, yumshatiladi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя