Главная » 2020 » Март » 24 » Karantin vaqtida niqobsiz yurganlarga ma’muriy javobgarlik belgilanadi
17:51

Karantin vaqtida niqobsiz yurganlarga ma’muriy javobgarlik belgilanadi


Avval xabar berganimizdek, bugun, 24 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining uchinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.

Majlisda kun tartibidagi masalalardan biri – “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni senatorlar tomonidan muhokama qilindi.

Qonun bilan karantin sharoitida jamoat joylarida niqobsiz yurish, shu jumladan, shifoxonadagi ichki tartibga rioya etmaslik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.

Shuningdek, davlat sanitariya nazorati organlarining tibbiy tekshiruvdan va davolanishdan o‘tish, karantinni o‘tash uchun belgilangan joylarga yetib borish va ushbu joyni belgilangan muddat davomida tark etmaslik, kasallik yuqishi mumkin bo‘lgan davrda muloqotda bo‘lgan shaxslar va ular borgan joylar haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilish to‘g‘risidagi yoki boshqa qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik ham ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Shu bilan birga, karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi yoki tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirilmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя