Главная » 2020 » Март » 20 » Karantin vaqtida qaysi xorijiy filmlarni tomosha qilish mumkin?
22:32

Karantin vaqtida qaysi xorijiy filmlarni tomosha qilish mumkin?


Amerikaning film va seriallar yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi Netflix kompaniyasi karantin vaqtida tomosha qilish mumkin bo‘lgan yaxshi filmlar ro‘yxati bilan bo‘lishdi, deb xabar beradi GQ.

“Tinch joy”

Afsuski, “Tinch joy 2” filmining premyerasi koronavirus sabab qoldirildi, shunga qaramay filmning birinchi qismini tomosha qilmaganlarda ajoyib imkoniyat mavjud. Ebbotlar oilasi har qadamda uchraydigan maxluqlar olamida yashab qolishi kerak. Film tomoshabinni oxirgi daqiqalargacha hayajonda ushlab turadi.

“Cheksiz boyliklar”

Tanqidchilar Adam Sendler faoliyatidagi eng yaxshi rolini “Cheksiz boyliklar” filmida o‘ynagan deb hisoblaydi. Sendler nihoyat gavayicha ko‘ylagini charm kurtka va taqinchoqlarga almashgan. Ushbu filmda Sendler qimmatbaho taqinchoqlar bilan savdo qiluvchi, bo‘ynigacha qarzga botgan yahudiy Govardga aylanadi. Govard ikki soat davomida qarzlaridan qutulishga uringan vaqt davomida tomoshabinlar ekranda The Weeknd ijrochisini va basketbolchi Kevin Garnettni tomosha qilishi mumkin.

“Arvohlar tomonidan olib ketilgan”

Ushbu film “Gibli” studiyasining eng mashhur mahsulotiga aylanib, ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan. O‘n yoshli qizaloq Tixiro sehrli mavjudotlarga boy olamga tushib qoladi. Multfilm yoshlar bilan bir qatorda kattalarga ham yoqishi shubhasiz. Butun olam aqldan ozayotgandek tuyulgan bir vaqtda sehrli olamga tushib qolishga nima yetsin?

“Irlandiyalik”

Ko‘pchilik Skorsezening uzoq davom etuvchi ushbu filmini hali ko‘rishga ulgurmagan ko‘rinadi. Uch soat — bu arzimagan vaqt emas, shunga qaramay uyda o‘tirgan insonlar “katta maktab” tomonidan yaratilgan 209 daqiqali filmdan bahramand bo‘lishi mumkin. Bu balki De Niro, Al Pachino va Jo Peshi birgalikda suratga tushgan so‘nggi film sifatida tarixda qolar…

“Ikki papa”

Entoni Xopkins va Jonatan Prays Rim papalari Benedikt XVI hamda uning merosxo‘ri rolini ijro etgan. Vatikan mojarolar domida qolgan va film ikki erkakning ushbu vaziyatdan chiqishini kuzatmoqda. Qarashlari mutlaqo boshqa-boshqa bo‘lgan erkaklar o‘zaro til topishishga muvaffaq bo‘ladi. “Ikki papa” qiziqarli filmgina bo‘lib qolmay, o‘rtaga muhim savollarni ham tashlaydi.

“Katta pul”

Gay Richi tomonidan 2000-yilda olingan ushbu filmni ko‘pchilik ko‘rgan bo‘lsa kerak, ammo Netflix muntazam oshib borayotgan kolleksiyasi orasidan ushbu klassikani yana bir bor taqdim etishga jazm qilgan. Filmda Bred Pitt va Jeyson Steytem kabi yulduzlar suratga tushgan. “Katta pul” Richining eng mashhur filmlaridan hisoblanadi va bu bekorga emas.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя