Главная » 2020 » Апрель » 14 » Karantin vaqtida zakot, fitr va fidya sadaqalarini topshirish bo‘yicha tavsiya berildi
14:34

Karantin vaqtida zakot, fitr va fidya sadaqalarini topshirish bo‘yicha tavsiya berildi


Karantin vaqtida zakot, fitr va fidya sadaqalarini topshirish bo‘yicha tavsiya berildi

“Zakot mablag‘larini, fitr va fidya sadaqalarini “Vaqf” hayriya jamoat Fondi va uning hududiy bo‘linmalari hisob raqamlariga yoki “Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlari”ga topshirishlari tavsiya etiladi”, dedi fatvoni o‘qib eshittirgan Musulmonlar idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov.

Bundan tashqari, iftorlik savobidan umidvor bo‘lgan sahovatpesha musulmonlar iftorlik marosimlari uchun mo‘ljallagan mablag‘larini “Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlari” orqali moddiy ko‘makka muhtoj oilalarga yetkazishlari mumkinligi ta’kidlandi.

Eslatib o'tamiz, kecha, 13 aprel kuni Musulmonlar idorasi Ulamolar Kengashining karantin sharoitida Ramazon oyini o‘tkazishga doir fatvosi e’lon qilindi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: karantin, fitr, fidya, tavsiya, Zakot, sadaqalar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя