Главная » 2020 » Апрель » 13 » Karantindagi bankirni haqoratlagan IIB xodimi xizmatdan haydaldi
18:08

Karantindagi bankirni haqoratlagan IIB xodimi xizmatdan haydaldi


Namanganda karantinga tushib qolgan bankirni haqoratlagan ichki ishlar organi xodimi bugun xizmatdan haydalgan.

Kecha kanalimizda e’lon qilingan video bo‘yicha Namangan viloyati IIB o‘rganish olib borgan. Aniqlanishicha, 11 aprelda Namangan shahar Xalq banki xodimi koronavirus alomatlari bor deb gumon qilingan. Bungacha u 1 apreldan 11 aprelgacha Namangan shahrining 6 ta mahallasida pul tarqatgan.

Shu bois bu hududlarda IIB xodimlaridan iborat 6 ta guruh tuzilgan va nafaqa olgan fuqarolar karantinga o‘tkazilgan. Biroq Namangan shahar bo‘yicha IIO FMB 4-son IIB xodimi o‘zini va guruh a’zolarini videotasvirga olib, karantin holati e’lon qilinganini bila turib, aholi orasida vahima chiqaruvchi hamda bank xodimiga nisbatan obro‘sizlantiruvchi va asossiz ma’lumotlarni so‘zlab, 39 soniyali videotasvirni messenjer orqali tanishiga yuborgan.

IIB xodimi “Ichki ishlar organlarida xizmat o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi nizom talablarining 144-bandi “i”, “k” kichik bandlariga muvofiq xizmat intizomini qo‘pol ravishda buzgani hamda ichki ishlar organi xodimining sha’niga putur yetkazuvchi xatti-harakatlar sodir etgani uchun IIO xizmatidan bo‘shatilgan.

Ayni paytda unga nisbatan viloyat IIB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя