Главная » 2020 » Июнь » 12 » Karantindan so‘ng vazn yo‘qotish usullari aytildi
15:01

Karantindan so‘ng vazn yo‘qotish usullari aytildi


Britaniyaning "Cambridge Weight Plan" markazining dietologlari karantindan so‘ng 14 kun o‘tgach qanday qilib vazn yo‘qotish mumkinligi haqida ma’lum qilishdi. Ularning tavsiyalari "The Mirror" nashri tomonidan nashr etilgan.
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, britaniyaliklarning deyarli yarmi o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish davrida vazn yig‘ishgan. Buning sababi ko‘pchilik avvalgidan kamroq harakat qila boshlagan, ko‘proq ichgan va tartibsiz ovqatlanilgan. Dietologlar shundan kelib chiqib tezda avvalgi holatga qaytish uchun bir qator tavsiyalar berdilar.
Avvalo, mutaxassislar restoranlardan yetkazib beriladigan va yarim tayyor mahsulotlardan tayyorlanadigan ovqatlardan voz kechishni maslahat berishadi. Mutaxassislar odamlarga O‘rta yer dengizi parheziga rioya qilishni tavsiya etadilar.
Bu qanday parhez? Bu usul sizga kam oqsilli taomlarni ko‘p iste’mol qilishingiz kerakligini anglatadi. Bunday taomlar ro‘yxatida tovuq, baliq, tuxum, loviya va yasmiq avvalgi o‘rinlarda turadi. Ovqatlarni zaytun yog‘ida pishirish albatta foydadan holi emas. Bundan tashqari, sizning menyuingizda ko‘proq meva, sabzavot va kam uglevodli mahsulotlar, masalan, "qora non" bo‘lishi kerak.
"Cambridge Weight Plan" dietologi Linda Fosterning ta’kidlashicha, yuqoridagi oziq-ovqatlar tanani energiya bilan to‘ldiradi va ochlik tuyg‘usini susaytiradi, meva va sabzavotlar suvsizlanishni oldini oladi. Shu bilan birga, u mevalardan ko‘ra ko‘proq sabzavot iste’mol qilishingiz kerakligini maslahat berdi, ammo kartoshkadan butunlay voz kechishingizni tavsiya qiladi. Shuningdek, u iloji boricha ko‘proq suv, choy, va qahva ichishni maslahat berdi. Fosterning ta’kidlashicha, hozirgi paytda alkogol va ko‘p uglevodli, masalan, pechene va boshqa shirinliklar, shuningdek ortiqcha tuz va shakarni iste’mol qilishdan voz kechish kerak.
Dietolog ovqatlanish odatlarining keskin o‘zgarishi stressga olib kelishi mumkinligini ta’kidladi. Shuning uchun kuniga kamida o‘n daqiqa dam olish, meditatsiya, vanna qabul qilish yoki yaxshi kitob o‘qish kabi mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish maqsadga muvofiq.
Nurulloh Sharipov

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Salomatlik | | Теги: Ozish, maslahat, parxez, karantin | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя