Главная » 2020 » Апрель » 11 » Karantinga olinganlar koronavirusni yuqtirib olsa, bu kimning xatosi bo‘ladi?
19:20

Karantinga olinganlar koronavirusni yuqtirib olsa, bu kimning xatosi bo‘ladi?


Avval ma’lum qilinganidek, bugun AOKA shtabida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Atabekov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifingda muhim savollarga javob berildi.

Savol: Karantin muddatini o‘taganlarni nega yana qayta karantinga olib ketishyapti? Agar karantin vaqtida yuqtirib olgan bo‘lsa, kimning xatosi bu?

Javob: Karantin 14 kunga mo‘ljallangan, shu kun davomida bemor aniqlansa, oxirgi holat qayd etilmay karantin yana 14 kunga cho‘ziladi.

Agar karantin vaqtida infeksiya yuqtirib olinsa, birinchi navbatda, odam o‘zini ayblash kerak. Demak, bu odam karantin vaqtida tegishli tartib-qoidalarga rioya qilmagan.

Savol: Koronavirus va grippdan sog‘aygandan keyin inson organizmidagi o‘zgarishlar farqi nimada? U qadar og‘ir asoratlar bo‘lmasa, mamlakatning iqtisodiy inqiroziga sabab bo‘ladigan karantin tadbirlariga hojat bormi?

Javob: Karantin va cheklovchi chora-tadbirlarsiz koronavirus aholi o‘rtasida juda tez tarqaladi va ko‘p odamlarda og‘ir asoratlar kuzatilishi mumkin. Natijada esa noxush oqibatlar, ya’ni o‘lim holatlari ko‘payish ehtimoli bor.

Savol: Tibbiyot xodimlarimiz qanaqa testdan foydalanishadi? Bu test qay darajada aniq natija ko‘rsatadi?

Javob: Bugungi kunda mamlakatimizda Germaniya, Rossiya, Xitoyda ishlab chiqarilgan test tizimlaridan foydalaniladi. Natijalarning o‘ziga xosligi — 100 foiz.


Manba: "sof.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: bu kimning, Koronavirus, yuqtirib olsa, olinganlar, karantin, xatosi bo‘ladi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя