Главная » 2021 » Апрель » 24 » Kardiolog qorindagi yog‘lardan xalos bo‘lishning oddiy usullarini aytdi
22:48

Kardiolog qorindagi yog‘lardan xalos bo‘lishning oddiy usullarini aytdi


Shifokorlar tez yurish, lo‘killab chopish, velosiped minish yoki suzishni tavsiya qilishadi. Agarda shifokor taqiqlamagan bo‘lsa, zinadan tez-tez ko‘tarilish ham foydali.

Oddiy teriosti yog‘idan farqli ravishda visseral (ichki) yog‘ yurak kasalliklari, ikkinchi turdagi qandli diabet, insultga chalinish xavfini oshiradi, deb ogohlantiradi kardiologlar.

Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, ichki yog‘ shamollash oqsillarini ishlab chiqaradi, natijada bu qon tomirlari, qon bosimiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi.

«Qorincha» ovqatlanish va hayot tarzi haqida o‘ylash uchun jiddiy sababdir, deydi doktor Tiffani Pauell-Uayli.

Uning maslahat berishicha, ichki yog‘lardan xalos bo‘lish uchun harakatlanish kerak. Haftasiga 150 daqiqa jismoniy faollik yetarli.

Shifokorlar tez yurish, lo‘killab chopish, velosiped minish yoki suzishni tavsiya qilishadi. Agarda shifokor taqiqlamagan bo‘lsa, zinadan tez-tez ko‘tarilish ham foydali.

Shuningdek, shirin ichimliklar va shakardan voz kechib, ular o‘rniga kletchatkaga boy mahsulotlarni iste'mol qilish lozim. Bu suli, guruch yormalari, arpa, sitrus mevalar va olmadir. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, o‘n gramm eruvchan kletchatka visseral yog‘ni 3,7 foizga kamaytiradi. 


Manba: "kun.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: Oddiy, Kardiolog, usullarini, qorindagi, yog‘lardan, xalos | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя