Главная » 2018 » Апрель » 26 » Kartoshka va zaytun mevalari qo‘shib pishirilgan tovuq
22:21

Kartoshka va zaytun mevalari qo‘shib pishirilgan tovuq


Mazali taom iste’mol qilishni xohlab, ammo tayyorlashga ko‘p vaqtimiz bo‘lmasa yoki erinayotgan bo‘lsak, unda oson tayyorlaniladigan bugungi taomimiz qo‘llab yuboradi.
Bunda asosiy taom ham, unga qo‘shimcha gazak ham birgalikda bitta qolipda pishiriladi.

Gaz pechini 200
C darajaga yoqib qo‘yamiz.

Taom pishiradigan qolipga yog‘ni quyamiz, kartoshka, zaytun mevalarini, sarimsoqpiyoz, lavr yaproqchalari va limonni to‘rtga bo‘lib solamiz.Qo‘lda bir xil qilib, tekislab olamiz.

Tovuqlarga tuz va murch sepamiz. So‘ng sabzavotlar solingan idishimizga, ularni ham ustidan terib chiqamiz.

Gaz pechiga qo‘yib, 1 soat davomida pishiramiz. Ora-orada ochib, tovuqdan ajralib chiqqan suvini sabzavotlarning ustiga quyib chiqamiz.Bir soat o‘tgandan so‘ng ochib kartoshkalarni pishganini tekshirib ko‘ramiz va 15 daqiqa yana tovuqlar qizarib pishishi uchun qo‘yamiz.

Taomni olamiz. Sarimsoqpiyozlarni qoshiq bilan ezib suvini chiqaramiz. Ajralib chiqqan suvini yana tovuq ustidan quyamiz.So‘ng bemalol dasturxonga tortib iste’mol qilaveramiz. Yoqimli ishtaha!


Manba: "zira.uz"
Категория: Ritseptlar | | Теги: zaytun mevalari, pishirilgan tovuq, Kartoshka, qo‘shib | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя