Главная » 2020 » Май » 13 » Kasallanganlar soni nimaning hisobiga oshmoqda?
14:55

Kasallanganlar soni nimaning hisobiga oshmoqda?


Bugun, 13 may kuni AOKAda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Ushbu brifing davomida so‘nggi kunlarda nega O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlari ko‘paygani haqida ma’lumot berilib o‘tildi.

So‘nggi paytlarda kasallanganlar soni kuniga o‘rtacha 66 taga ko‘payib bormoqda. Kasallanganlar soni nimaning hisobiga oshmoqda?

"Yangi aniqlangan holatlar asosan karantinga olinganlar orasida aniqlangan. Bular:

– charter-reyslar bilan chet ellardan qaytarib olib kelinayotgan hamyurtlarimiz,

– avtomobil yo‘llari orqali chegaradan o‘tib kelayotgan fuqarolarimiz,

– uzoq masofalarga qatnovchi, katta yuk tashuvchi transport vositalari haydovchilari (dalnoboyiklar) orasidan aniqlanmoqda.

Qolgan, aholi orasida aniqlangan holatlar foizi sezilarli darajada past. Bu karantin tadbirlarini yengillatish bilan bog‘liq emas" deydi Habibulla Oqilov.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: kasallanganlar, hisobiga, oshmoqda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя