Главная » 2017 » Январь » 17 » Kasbingiz o‘zingizga munosibmi?
16:16

Kasbingiz o‘zingizga munosibmi?


«Bo‘ynidan boylangan it ovga yaramas» degan maqol bor. Chindan ham, majburlab qilingan ish boshqayu istab qilingani boshqa. Inson sevgan kasbi bilan shug‘ullangandagina o‘sishi, rivojlanishi, biron yangi narsa yaratishi va hayotdan qoniqishi mumkin. Kasbingiz o‘zingizga yoqadimi, undan lazzatlanasizmi? Yoki shunchaki majburlikdan bu ishda ishlayapsizmi? Test shuni aniqlashga yordam beradi.

1. Hozirgi ish o‘rningizda qanchadan beri ishlayapsiz?

A) 12 oydan ortiq;

B) 3 yildan ortiq;

V) 10 yil (yoki undan ortiq);

G) bir necha oy.

2. Agar qo‘shimcha ta’lim olinsa, ishda muvaffaqiyat qozonish oson kechadi, degan qarashni kasbingiz nuqtai nazaridan kelib chiqib baholang:

A) Yo‘q, siz uchun hozirgacha egallagan ma’lumotingiz yetarli;

B) Ha, shunday, chunki karera siz uchun juda muhim;

V) «Qo‘shimcha ta’lim shiddat bilan rivojlanayotgan zamonda muvaffaqiyat kaliti».

G) «Hamma odamlar doim yangi bilimlarni o‘rganib borishlari kerak».

D) Faqat aniq foyda kelishiga ko‘zingiz yetsa, qo‘shimcha ta’lim olishga kirishishingiz mumkin.

3. Sizningcha hozirgi kunda sizning mehnatingiz yetarlicha qadrlanyaptimi?

A) «Ha, ammo qancha to‘lashsa ham, doim ozlik qilaveradi».

B) «Yo‘q, ammo taqqoslash oson emas».

V) «Sarflayotgan kuchimga yarasha haq olyapman, menimcha».

G) «Maoshim katta bo‘lmasa-da, kasbimni sevaman».

D) «Menga qancha haq to‘lashsa, shunga yarasha ishlayman».

4. Ishga ketayotganingizdagi ko‘pincha qanday kayfiyatda bo‘lasiz?

A) Yurak urishingiz tezlashadi, arterial bosimingiz ortadi, yengil ko‘ngil aynishi paydo bo‘ladi.

B) Hammasi rejadagidek ketayotganiga ishonasiz.

V) Har kuni pensiyagacha qancha qoganini hisoblaysiz.

G) Atrofdagilarga qobiliyatlaringizni namoyish etishga  sabringiz yetmaydi, shoshilibgina yo‘lga otlanasiz.

D) «Bekor o‘tirgandan ko‘ra yaxshi-da», degan o‘y bilan yo‘lga chiqasiz.

5. O‘z professional muammolaringizni uydagilar bilan muhokama qilayotib...

A) Boshliq haqida hazillarni aytib berasiz.

B) Faqat foydali narsalarni gapirasiz.

V) Uyda umuman ish haqida gaplashmaysiz.

G) Faqat qiziqarli jihatlarga to‘xtalasiz.

D) Bu haqda kam gaplashasiz, chunki qiziq emas.

6. Ta’tildasiz. Ish haqidagi fikrlaringiz…

A) Umuman ish haqida o‘ylamaysiz.

B) Shu paytda diqqinafas idorada ishlab o‘tirgan hamkasblaringizni o‘ylab shukr qilasiz.

V) Ish haqida ko‘p o‘ylaysiz va tezroq ta’til tugashini kutasiz.

G) Ko‘p o‘ylamaysizu, vaqti-vaqti bilan hamkasblaringizni eslab qo‘yasiz.

D) Hali ta’til tugashiga ancha borligini o‘ylab quvonasiz.

7. Egallagan kasbingiz haqida bolalikda tasavvurga egamidingiz?

A) Bu haqda orzu ham qilmagansiz.

B) Doim shu kasbga intilgansiz va orzungiz amalga oshganidan xursandsiz.

V) Biroz hafsalangiz pir bo‘lgan.

G) Avval o‘ylamagansiz, qaerdadir ishlash kerakligi uchun shu yerda ishlayapsiz.

8. Agar farzandlaringiz ham kasbingizni tanlashsa, siz…

A) Bu borada ular bilan bahslashmaysiz.

B) Agar ular sizdan yuqoriroq marralarni egallashlariga ko‘zingiz yetsa, rozi bo‘lasiz.

V) Fikridan qaytarishga urinasiz.

G) Bolalaringiz hali juda yosh, shu sababli ularning kasb tanlash muammosi hozircha sizni o‘ylantirmaydi;

D) Buni istamaysizu, ammo baribir shu kasbni tanlashsa, tajribangiz va tanish-bilishlaringiz bilan yordam berasiz.

9. Bolaligingizda kim bo‘lishni orzu qilgansiz?

A) Kosmonavt: yangi sayyoralarga uchib borishni istardingiz.

B) Aktrisa: sizga olqishlar, gullar va mashhurlik yoqadi.

V) O‘qituvchi: bolalarga faqat a’lo baholar qo‘yishni istardingiz.

G) Model: bu juda qiziq.

D) Shifokor: stetoskop va oq xalatda yurishni yoqtirasiz.

10. Ishdan so‘ng turmush o‘rtog‘ingiz bilan restoranga borishingiz kerak. Ammo ish tugay deganda boshliq shoshilinch vazifani bajarishni sizga topshirdi…

A) Eringizga qo‘ng‘iroq qilib, ziyofatni boshqa kunga ko‘chirasiz.

B) Boshliq bilan urishib bo‘lsa ham restoranga ketasiz.

V) Tadbirni boshqa kunga qoldirasiz, ammo o‘zingizni baxtsiz his etasiz.

G) Ishni birinchi o‘ringa qo‘yasiz, eringiz sizni tushunishi kerak.

D) Biron bahona topib ishdan qochib qolasiz.

Natijani hisoblang:

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

A

1

0

2

0

2

3

5

5

2

7

B

2

2

1

4

1

2

3

4

2

5

V

2

1

1

1

1

1

2

1

2

1

G

1

4

2

2

2

3

1

2

3

2

D

0

2

1

1

1

1

0

1

2

11

27—41 ball

Siz ham maishiy, ham kasbiy vaziyatlarga oson moslashasiz. O‘sish va rivojlanish uchun doim imkon qidirasiz. Istalgan ish o‘rnida o‘zingizni qulay his etasiz, bajarayotgan ishingiz doim sizga qoniqish hissini beradi. Shu sababli birinchi duch kelgan ishga rozi bo‘lib ketavermang, qobiliyatlaringizni qadrlang.

22—26 ball. Ishingizni yaxshi bajarasiz, ammo baribir undan qoniqmaysiz. Chunki sizning qobiliyatlaringiz hozir bajarayotgan ishingizdan balandroq, ya’ni siz ko‘prog‘iga qodirsiz. Vaziyatni o‘zgartirish uchun biron muvaffaqiyat yordamga kelishi kerak, mayli juda kichik bo‘lsa ham, ammo muvaffaqiyat. Shunda kayfiyatingiz ko‘tarilib, yanada ilhomlanib ishlaysiz. Yana bir sabab bor: hamkasblaringiz bilan munosabatlaringiz yaxshi emas. Shu masala ustida ishlang, ular sizga halaqit bermasliklari uchun zarur choralarni ko‘ring.

22 ball va undan kam. Afsuski, ishingiz sizga hech qanday qoniqish bermaydi, vaqtingiz asosan zerikish bilan o‘tadi. Bu joyda ishlab o‘zingizni namoyon etishingiz va rivojlanishingizga ko‘zingiz yetmaydi. Maslahatimiz, vaziyatni yaxshilab tahlil qiling, sabablarini aniqlang. O‘ylab ko‘ring, qaerda ishlasangiz, o‘zingizni yaxshiroq namoyon etishingiz mumkin? O‘zingizga ishonchingiz butkul so‘nmay turib munosib kasb izlab toping. Balki u ham butunlay sizga mos kelmas, ammo har qanday yangi ish qiziqroq-da. U sizda yangi qobiliyatlarni ochishi mumkin.

ShAHINA tayyorladi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Fikr Mulohaza | | Теги: O‘zingiz, Kasbingiz, munosib | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя