Главная » 2020 » Сентябрь » 20 » Katarakta: eng keng tarqalgan ko‘z kasalligining 7 ta belgisi
21:13

Katarakta: eng keng tarqalgan ko‘z kasalligining 7 ta belgisi


Katarakta – ko‘z gavharining xira tortishi, dunyodagi eng keng tarqalgan ko‘z kasalligi bo‘lib, 40 yoshdan oshgan odamlarda ko‘rish qobiliyatini yo‘qotishning asosiy sabablaridan biridir. Ushbu kasallik paydo bo‘lganda asta-sekin ko‘zning linzalarida shaffof bo‘lmagan nuqtalar paydo bo‘ladi va bora-bora insonning ko‘rish qobiliyati to‘xtaydi. Katarakta bilan bog‘liq asosiy qiyinchiliklardan biri – bu ularning bilinmasligi. Sababi shifokor tomonidan bemorga kasallik ko‘rishga sezilarli darajada xalaqit beradigan bosqichda maslahat beriladi. Iloji boricha ko‘rish qobiliyatini va uning eng yaxshi darajasini saqlab qolish uchun kataraktaning dastlabki belgilarini bilish juda muhim.

Jismlarning loyqa ko‘rinishi

Katarakta rivojlanishining ikki alomati – ko‘rishning pasayishi hamda ko‘rilayotgan jismlarning xiralashuvi. Agar atrofdagi dunyo tobora ko‘proq tasavvurga asoslangan rasmlarga o‘xshasa, unda shifokorga murojaat qilish vaqti kelgan. Rivojlanayotgan katarakta tufayli ko‘zdagi yorug‘likni aks ettirishga yordam beradigan obyekt tobora bulutli, xiralashgan va loyqalangandek ko‘rinadi.

Ranglarni ajratishda qiyinchilik

Kasallik rivojlanishining yana bir alomati shundaki, bemor ranglarni farqlashi tobora qiyinlashadi. Oq rang biroz sarg‘ish, qaymoqrang esa kulrang kabi ko‘rinadi. Eng achinarlisi, ushbu jarayon asta-sekinlik bilan amalga oshiriladi, shuning uchun ham ranglarni idrok etishdagi o‘zgarishlarni o‘z-o‘zidan sezish juda qiyin. Demak ranglarni ajrata olmayotganlik yaqqol namoyon bo‘layotgan bo‘lsa, darhol oftalmolog bilan bog‘lanish zarur.

Nurga nisbatan sezgirlikning oshishi

Rivojlanayotgan kataraktaning keng tarqalgan va tez-tez uchraydigan alomati – nurga sezgirlikning oshishi. Ushbu kasallik davrida yorqin lampalar haqiqiy dushmanga aylanadi va odatdagi yorug‘lik darajasi ham juda yorqin va hattoki og‘riqli bo‘lishi mumkin. Agar yorug‘lik tufayli inson o‘zini noqulay seza boshlasa, zudlik bilan shifokor ko‘rigidan o‘tish tavsiya etiladi.

Avtomobilni tunda boshqarishda qiyinchilik paydo bo‘lishi

Haydovchilar kataraktaning dastlabki bosqichlaridayoq sezish imkoniga ega. Buning uchun kechasi mashina boshqaruvi bilan bog‘liq bo‘lgan qiyinchiliklarga e’tibor qaratish kifoya. Bosh og‘rig‘i, mashina faralari tufayli ko‘zda paydo bo‘ladigan og‘riq. Tunda yo‘l belgilarini ko‘rishdagi qiyinchiliklar – bularning barchasi tezroq shifokorga murojaat qilish uchun sababdir.

Mayda yozuvlarni o‘qiy olmaslik

Inson yoshi o‘tgan sayin, ko‘proq ehtiyotkorlikni talab etadi. Uzoqni ko‘ra olmaslik keng tarqalgan muammolardan biri bo‘lib, 50 yoshdan oshgan odamlarning aksariyati bunga duch keladi. Ammo kitob va jurnallarda kichik shriftdagi yozuvlar o‘qilishida ham qiyinchilik paydo bo‘lsa, bu kataraktaning rivojlanishi sababi bo‘lishi mumkin. Ko‘z linzasi suv va oqsildan iborat bo‘lib, katarakta oqsilni joyidan siljishiga olib keladi va shu tufayli kichik o‘lchamdagi yozuv va belgilarni ko‘rish qiyinlashadi.

Ikki tomonlama ko‘rish

Rivojlanayotgan kataraktaning yana bir belgisi − ikki tomonlama ko‘rish. Ko‘z linzalarida qanchalik ko‘p xiralashuv va bulut paydo bo‘lsa, u orqali o‘tadigan yorug‘lik shunchalik buziladi. Natijada ko‘rinayotgan tasvir bir necha marotaba o‘zgargandek tuyuladi. Shuning uchun ikki tomonlama ko‘rish holati kuzatilsa, shifokorga murojaat qilish kerak.

Ko‘rishning keskin yaxshilanishi

Uzoqni yaxshi ko‘rolmaydigan bemorlarda ko‘rish qobiliyatining keskin yaxshilanishi kataraktaning yana bir alomatidir. Afsuski, yaxshilanish juda tez o‘tib ketadi, ammo kasallik rivojlanishda davom etadi. Shuning uchun ko‘z bilan bog‘liq muammo sezilgan zahoti shifokor bilan maslahatlashish kerak. Shuningdek, yilda bir marotaba bo‘lsa ham ko‘rikdan o‘tish kerak.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: belgisi, eng keng, Katarakta, kasalligining, Ko‘z, tarqalgan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя