Главная » 2021 » Март » 5 » Katta Farg‘ona kanalida cho‘kkan yigitning jasadi 74 kun o‘tib topilgani aytilmoqda
22:34

Katta Farg‘ona kanalida cho‘kkan yigitning jasadi 74 kun o‘tib topilgani aytilmoqda


Ijtimoiy tarmoqlarda Yozyovon tumanining Bo‘tqachi qishlog‘ida yashagan navqiron yoshdagi Abdulazizning Katta Farg‘ona kanaliga cho‘kib ketgani haqidagi xabarlar keng tarqalgandi.

2020 yilning 22 dekabr kuni ikki tanishi hamrohligida bo‘lgan voyaga yetmagan Abdulaziz ismli yigit ba’zi sabablarga ko‘ra, kiyimlarini yechib Katta Farg‘ona kanaliga tushgan va cho‘kib ketgan. Viloyat favqulodda vaziyatlar, IIB boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar qutqaruv guruhi tomonidan bir necha kunlik qutqaruv ishlari natija bermayotgandi.

Holat bo‘yicha Bosh prokuratura matbuot xizmati ham xabar berib, voyaga yetmagan Abdulaziz Abdurasulovni qidirib topish yuzasidan barcha zarur choralar ko‘rilayotgani qayd etilgandi.

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Abdulazizning otasi bilan suhbat audiosi tarqaldi, unda yigitning jasadi topilgani aytiladi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: cho‘kkan, yigitning, Farg‘ona, jasadi, Kanalida | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя