Главная » 2021 » Март » 8 » Katta Farg‘ona kanaliga cho‘kib ketgan 13 yoshli sportchi bolaning jasadi topildi
17:19

Katta Farg‘ona kanaliga cho‘kib ketgan 13 yoshli sportchi bolaning jasadi topildi


Avvalroq, Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida yashagan 13 yoshli Umidjon Abdusattorov 5 mart kuni ehtiyotsizlik oqibatida shu hududdan oqib o‘tuvchi Katta Farg‘ona kanaliga cho‘kib ketgani haqida xabar bergan edik.

Hodisa joyida qidiruv ishlari olib borilib, bugun, 8 mart kuni uning jonsiz tanasi Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining maxsus mintaqaviy qidiruv-qutqaruv otryadi g‘avvoslari tomonidan hodisa sodir bo‘lgan joydan 1 200 metr uzoqlikda 2 metr chuqurlikdan topildi. Hozirda unga nisbatan belgilangan tartibda sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Tuman hokimi boshchiligidagi sektor rahbarlari ham har kuni vaziyatni nazorat qilib borgan.  

Ma’lum qilinishicha, 22-umumta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchisi bo‘lgan bola shu yerda joylashgan baydarka va kanoeda eshkak eshish bazasi mashg‘ulotlariga qatnashgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: jasadi, sportchi, Katta Farg‘ona, cho‘kib, Bolaning, kanaliga | Рейтинг: 1.0/1

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя