Главная » 2020 » Декабрь » 9 » Katta miqdordagi kreditni to‘lamaslik uchun ayol o‘z jinsini o‘zgartirdi
21:02

Katta miqdordagi kreditni to‘lamaslik uchun ayol o‘z jinsini o‘zgartirdi


Rossiyaning Yaroslavl shahrida yashovchi fuqaro qarz majburiyatlaridan qutulish uchun o‘z jinsini o‘zgartirdi, deb xabar berdi Rossiya Federal sud ijrochilari xizmati mintaqaviy boshqarmasi.

Ma’lum bo‘lishicha, ayol shahar moliya institutlaridan biridan 280 ming rubl qarzdor bo‘lgan. Sud ijrochilarining chaqiruvlariga javob bermagan, keyinchalik yashash joyini ham o‘zgartirgan. Shundan so‘ng qidiruvga berilgan.

«Sud ijrochisi yaqinda fuqaro o‘z jinsi, familiyasi, ismi va otasining ismini o‘zgartirganini aniqladi. Qarzdor erkakka aylanib, qarz majburiyatlaridan xalos bo‘lish umidida tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yozuvlariga ham o‘zgartirishlar kiritgan», - deya ta’kidladi vazirlik matbuot xizmati.

Ta’kidlanishicha, sud ijrochilari qarzdorning yangi shaxsiy ma’lumotlarini aniqlashgandan so‘ng qarz majburan undirilgan.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: o‘zgartirdi, Ayol, miqdordagi, to‘lamaslik, kreditni, jinsini | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя