Главная » 2020 » Февраль » 25 » Kattaqo‘rg‘onda er bolasini ko‘rsatmagan sobiq turmush o‘rtog‘ini pichoqlab o‘ldirdi
23:29

Kattaqo‘rg‘onda er bolasini ko‘rsatmagan sobiq turmush o‘rtog‘ini pichoqlab o‘ldirdi


Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi erkak farzandini ko‘rsatmagani uchun turmush o‘rtog‘ini pichoqlab o‘ldirgan, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Aniqlanishicha, 2020-yil 20-fevral kuni kattaqo‘rg‘onlik K.H. oilaviy kelishmovchilik tufayli uyidan ketib qolib, Kattaqo‘rg‘on shahridagi otasining uyida yashab kelayotgan turmush o‘rtog‘i B.M.ning yoniga mast holda borib, o‘g‘lini ko‘rmoqchiligini aytgan. O‘g‘lini ko‘rsatmagani uchun xotini bilan tortishib, janjal davomida K.H. yonidagi oshxona pichog‘i bilan turmush o‘rtog‘i B.M.ning ko‘krak, yelka va qorin sohalariga jarohat yetkazagan. Janjal ovozini eshitib, ularni ajratish uchun kelgan qaynotasi I.M.ni ham pichoq bilan jarohatlab, voqea joyidan qochgan.

Samarqand viloyat prokuraturasi bayonotiga ko‘ra, B.M. va I.M. shifoxonaga olib borilagani. Tibbiy yordam ko‘rsatilganligiga qaramay B.M. olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.

Kattaqo‘rg‘on shahar prokuraturasi tomonidan shu kuni Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “j” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, K.H. JPKning 227-moddasi tartibida ushlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя