Главная » 2021 » Январь » 21 » Kattaqo‘rg‘onlik 17 yoshli qiz qidirilmoqda
23:03

Kattaqo‘rg‘onlik 17 yoshli qiz qidirilmoqda


Kattaqo‘rg‘on shahar, «O‘rikzor» MFY, U.Barnayev 1-berk ko‘chasi, 9-uyda yashab kelgan, 14.11.2004-yilda Kattaqo‘rg‘on shahrida tug‘ilgan, Ergasheva Pokiza Jamshid qizi 2021-yil 10-yanvar kuni taxminan soat 17:00 larda yashash uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan. Bu haqda Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar bermoqda.

Alohida belgilari: Buyi taxminan 150-155 sm atrofida, oqdan kelgan, o‘rtacha gavdali, sochi qora rangda uzunligi 80-90 sm atrofida, koshi qora rangda, ko‘zi malla rangda, yuzi ovalsimon, tishlari tabiiy butun, lablari qalin.

Egnida bo‘lgan kiyimlari: to‘q ko‘k rangli tizzasigacha bo‘lgan «Balon» kurtka, qora rangli sport trikosi, och qizil rangli sport kiyimi, oyoqlarida oq rangli ayollar krosovkasi va qora rangli orqaga ilinadigan «Viktoriya Sekret» yozuvli sumkasi bo‘lgan.

Ergasheva Pokizani ko‘rganlar yoki u haqida ma’lumotga ega bo‘lganlar +998901002121, +998662311111, 102, +998662319805 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishlari so‘raladi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Kattaqo‘rg‘onlik, qidirilmoqda, Qiz | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя