Главная » 2020 » Июль » 11 » Kelgusi haftadan dam olish kunlari «ko‘chaga chiqish taqiqlanadi»
14:40

Kelgusi haftadan dam olish kunlari «ko‘chaga chiqish taqiqlanadi»


Aholi o‘rtasida koronavirus infeksiyasining tarqalish zanjirini uzish maqsadida Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 2020-yil 13-iyuldan 2020-yil 1-avgustga qadar respublika miqyosida qo‘shimcha ravishda karantin cheklovlari kiritilgani xabar qilingandi.

Unga ko‘ra, joriy yil 18-19-iyul hamda 25-26-iyul (shanba va yakshanba) kunlari butun sutka davomida respublika miqyosida harakatlanish, avtotransport vositalarining, shu jumladan, yo‘nalishsiz taksilarning harakati to‘liq to‘xtatiladi.

Joriy yilning 18-19-iyul hamda 25-26-iyul (shanba va yakshanba) kunlari quyidagilar tavsiya etiladi:

  • aholiga – «o‘zini o‘zi yakkalash» hayot tarziga qat’iy rioya etgan holda o‘z uylarida qolish;
  • davlat organlari va muassasalari, xo‘jalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlarga – xodimlarni ishga jalb etmaslik, xodimlarning ushbu kunlarda uyda qolishi uchun sharoit yaratish.

Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Kelgusi haftadan, «ko‘chaga chiqish taqiqlanadi», Dam olish kunlari | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя