Главная » 2020 » Ноябрь » 24 » Kelgusi yildan elektr uchun to‘lovni hamma oldindan to‘laydi
09:17

Kelgusi yildan elektr uchun to‘lovni hamma oldindan to‘laydi


Elektr energiyasidan foydalanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxslarning xizmat uchun to‘lovlarni oldindan to‘lashlariga oid Hukumatning tegishli qarori loyihasi ishlab chiqildi.

Unga ko‘ra, 2021 yil 1 fevraldan barcha iste’molchilarga (shu jumladan maishiy iste’molchilarga) yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun to‘lovlar, mulkchilik shakli va idoraviy mansubligidan qat’i nazar, faqat oldindan to‘lov asosida amalga oshiriladi.

To‘lovni amalga oshirmagan iste’molchilarga nisbatan elektr tarmoqlaridan to‘liq uzish chorasi ko‘riladi.

Alohida xavfli hamda elektr energiyasining uzib qo‘yilishi texnogen va avariyali oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan, uzluksiz texnologik jarayonga ega bo‘lgan sanoat korxonalarida qarzdorlik vujudga kelgan taqdirda haq to‘lanmaganligi uchun elektr energiyasi yetkazib berilishini cheklash belgilangan tartibda elektr ta’minotining avariya bronigacha, to‘liq uzib qo‘yish esa – faqat sud qaroriga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin.

Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi hamda elektr energiyasi iste’molchisi tomonidan imzolangan texnologiya va avariya broni dalolatnomalari shartnomaning uzviy qismi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, amaldagi Hukumat qarorining mazkur bandiga ko‘ra, maishiy iste’molchilar har oyning 10-sanasiga qadar o‘tgan oyda iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun to‘liq hisob-kitob qilishlari shartligi belgilab qo‘yilgan. 


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: oldindan, to‘lovni, elektr | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя