Главная » 2017 » Февраль » 20 » “Ketaman dedimmi, ketaman” tez kunda katta ekranlarda
18:59

“Ketaman dedimmi, ketaman” tez kunda katta ekranlarda


Kinorejissyor Iqbol Meliqo‘ziev navbatdagi filmi ustida olib borilayotgan ijodiy ishlarni deyarli yakunladi. “Ketaman dedimmi ketaman” nomli mazkur kartina tez kunda katta ekranlarga chiqishi ma’lum bo‘ldi. Bu kinokomediyani yaratishdan asosiy ko‘zlangan maqsad shuki, yoshlar hayoti va ularning dunyoqarashining salbiy hamda ijobiy jihatlarini kulgu orqali ko‘rsatib berishdan iborat. Filmda bosh rollarni Shahzoda Muhammedova, Asqar Hikmatov ijro qilishgan. Kartinada shuningdek, Matyoqub Matchonov, Hosiyat Husanova, Oysha Murodova, Husan Musaboyev, Jumadilla Rametov va boshqalar ishtirok etishgan. Ushbu kartinani yaratishda o‘z hissasini qo‘shgan ijodiy jamoa haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, ssenariy muallifi Jahogir Ahmedov. Rejissyor Iqbol Meliqo‘ziev. Tasvirchi Otajon Dostonov.

Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: Ketaman dedimmi, Ketaman | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя