Главная » 2021 » Январь » 10 » Kim Chen In KXDRning asosiy dushmani qaysi davlat ekanini ma’lum qildi
11:06

Kim Chen In KXDRning asosiy dushmani qaysi davlat ekanini ma’lum qildi


Koreya Ishchilar partiyasining 8-qurultoyida KXDR Davlat kengashi raisi Kim Chen In AQSh rasmiy Pxenyanning asosiy dushmani ekanligini aytdi. Bu haqda 9-yanvar kuni Koreyaning Markaziy telegraf agentligiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Shimoliy Koreya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, prezidenti kim bo‘lishidan qat’i nazar, rasmiy Vashingtonning KXDRga nisbatan siyosati o‘zgarmaydi. Uning ta’kidlashicha, “dushmanlik siyosatidan” uzoqlashish ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilashga yordam beradi.

Shuningdek, u rasmiy Pxenyan o‘z yadroviy qurolini rivojlantirishda davom etishi kerakligini ta’kidladi, ammo KXDR yadro qurolini faqat dushman kuchlari unga birinchi bo‘lib hujum qilgan taqdirdagina ishlatishini aytib o‘tdi.

Avvalroq Kim Chen In Yangi yil tabrigi o‘rniga xalqqa xat yozgani hamda KXDRda koronavirusga qarshi kurashdagi iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli ikki nafar amaldor qatl qilingani haqida xabar berilgandi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Dushmani, davlat, Kim Chen In, KXDR | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя