Главная » 2021 » Январь » 21 » «Kim u? Rosti, tanimayman». Rejissyor Zulfiqor Musoqov Ahad Qayum haqida
09:22

«Kim u? Rosti, tanimayman». Rejissyor Zulfiqor Musoqov Ahad Qayum haqida


Taniqli rejissyor Zulfiqor Musoqov YouTube’dagi «Chotki Tv» kanaliga bergan intervyusida prodyuser, rejissyor va aktyor Ahad Qayum haqida gapirdi.

Qayd etilishicha, rejissyor yosh avlod vakili — Ahad Qayumni tanimaydi va u haqda eshitmagan.

«Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqda muhokama bo‘layotgan, qaysidir ma’noda toshlar otilayotgan bir insonning ijodi haqida fikringizni bilmoqchiman. Sababi bu ijodkor oyiga, kerak bo‘lsa yiliga juda ko‘p seriallar chiqarayotgan ekan. Eng kamida 20 ta serial chiqararkan. O‘sha ijodkor haqida, uning ijod uslubi haqida fikringiz qanday? Ahad Qayum…», — deya savol bergan boshlovchi.

Zulfiqor Musoqov esa uni tanimasligini aytib, hayron qolganini namoyish qilgan. «Kim u? Yo‘q, rosti gap. Tanimayman», — degan rejissyor.

Shuningdek, Musoqov intervyu davomida hozirgi kunda qorovullar ham kino-seriallar olishi mumkinligini ta’kidlab, o‘zining oyligi farroshnikidan ham kamligini qayd etgan.

«Hozir qorovul ham kino olishi mumkin. Afsuski, men kinoga javob beradigan odam emasman. Hozirda yuzaki, o‘ta bachkana filmlarni ko‘ryapmiz. O‘sha narsa sabab ertasi kuni jurnalistlar o‘zbek kinosi o‘lyapti degan gapni ovoza qilishadi. Vaholanki, ularning nafaqat o‘zbek kinosiga, balki butun kino san’atiga aloqasi yo‘q», — deydi rejissyor.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Zulfiqor Musoqov, rejissyor, Ahad Qayum | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя