Главная » 2018 » Июнь » 12 » Kimlar test imtihonlaridan ozod etiladi?
21:06

Kimlar test imtihonlaridan ozod etiladi?


“Zarafshon” gazetasi muxbiri Davlat test markazi Samarqand viloyat bo‘limi boshlig‘i Esonboy Isroilovga OTMga test sinovlarini o‘tkazishda joriy etilgan yangiliklar borasida savollar bilan murojaat etdi. Intervyu davomida mutaxassis yuqoridagi savolga shunday javob berdi:

– Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan "Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida"gi Nizomga muvofiq xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari va musobaqalari g‘oliblari hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi ta’sis etadigan maxsus guvohnomani olganlar Davlat komissiyasining qarori bilan tegishli oliy ta’lim muassasalarining mos ta’lim yo‘nalishlariga tanlovdan tashqari test sinovlarisiz va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz davlat grantlari asosida qabul qilinadi.

Shuningdek, Zulfiya nomidagi Davlat mukofotlari sohibalari, "Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti sohiblari bo‘lgan umumta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘quvchilari, Xalq ta’limi, Sog‘liqni saqlash, Madaniyat, jismoniy tarbiya va sport vazirliklari tomonidan har yili o‘tkaziladigan pedagogika o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari bitiruvchilari va ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining "Tarbiyachi" respublika tanlovi g‘olibi, tibbiyot muassasalari hamshiralarining "Hamshira" respublika tanlovi g‘olibi, Badiiy akademiyaning tasviriy san’at bo‘yicha respublika tanlovi g‘oliblari, "Nihol" mukofoti sovrindorlari mazkur vazirliklar, idoralar va jamg‘armalar taqdimnomalariga muvofiq Davlat komissiyasining qarori bilan shunday imtiyozga ega bo‘lishlari mumkin.

Bundan tashqari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolari ham imtiyozli qabul qilish maqsadida tavsiyanomalar berish bo‘yicha respublika komissiyasi taqdimnomasi asosida doimiy yashash joyidagi oliy ta’lim muassasalarining pedagogika ta’lim yo‘nalishlariga tanlovdan tashqari test sinovlarisiz va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz qabul qilinadi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Kimlar, ozod etiladi, test imtihonlari | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя