Главная » 2021 » Март » 28 » Kimlarga kolbasa yeyish tavsiya etilmaydi?
20:01

Kimlarga kolbasa yeyish tavsiya etilmaydi?


Kolbasa mahsulotlarini sevib iste’mol qiluvchilar ularning tarkibida ko‘p miqdorda tuz, yog‘ va rang beruvchi moddalar borligini unutmasligi kerak. Shuning uchun ham ularni muntazam iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.

Kolbasa mahsulotlarini har kuni yeyish yurak-qon tomir tizimi, buyraklar va hatto terida muammolar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari organizmda qon bosimi va buyrak bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ladi.

Yuragi va buyragi kasal insonlarga hamda terisida muammolar bo‘lgan o‘spirinlarga kolbasa yeyish tavsiya etilmaydi. Balog‘at yoshida esa husnbuzarlar tuz va ziravorlarga ta’sirchan bo‘ladi. Kolbasa esa aynan shunday mahsulotlarga boy hisoblanadi.

Yarim dudlangan kolbasalar tarkibi odatda 30 foizdan 44 foizgacha yog‘, shuningdek, ko‘p miqdorda tuz va ziravorlarni o‘z ichiga oladi. Kolbasa bayram kunlari mazali mahsulot bo‘lishi mumkin, biroq ularni kundalik iste’mol ro‘yxatiga kiritishdan qochish kerak.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: tavsiya, kolbasa | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя