Главная » 2021 » Март » 12 » Kinorejissyor Bahrom Yoqubov olamdan o‘tdi
09:04

Kinorejissyor Bahrom Yoqubov olamdan o‘tdi


Taniqli kinorejissyor Bahrom Yoqubov 60 yoshida olamdan o‘tdi. Rejissyor o‘tgan yili «Antiqa ajrashish» nomli filmni suratga olgan edi.

Bahrom Yaqubov 1961 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. A.N.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik institutining aktyorlik fakultetini tugatgan. Uzoq yillar «O‘zbekfilm» va «O‘zbektelefilm» studiyalarida rejissyor yordamchisi bo‘lib ishlagan.

Rejissyor ijodidagi ilk qadamlarini 1989 yilda «Yosh yozuvchining kundaligi» nomli qisqa metrajli filmni tasvirga olishdan boshlagan.

Ijodiy faoliyati davomida «Sarvinoz», «Baxt uchun million», «Tashlandiq», «Yondiradi, kuydiradi», «Fotima va Zuhra», «Sug‘diyona», «Jodugar», «Majruh», «Ichkuyov», «Superkelinchak», «O, Maryam, Maryam» kabi ko‘plab filmlarni suratga olgan.

Hozirga qadar Bahrom Yoqubov 10 dan ortiq badiiy va bir qator hujjatli filmlarni suratga olgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: olamdan o‘tdi, Kinorejissyor, Bahrom Yoqubov | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя