Главная » 2020 » Ноябрь » 28 » Kirakash jurnalistni kaltaklab, “o‘ldi” degan gumonda Toshkent yaqinidagi dala chetidagi ariqqa tashlab ketgan
18:06

Kirakash jurnalistni kaltaklab, “o‘ldi” degan gumonda Toshkent yaqinidagi dala chetidagi ariqqa tashlab ketgan


Qishloq xo‘jaligi vazirligiga qarashli “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi” jurnali muxbiri Baxtiyor Esonov 21 noyabr kuni noma’lum shaxslar tomonidan kaltaklanib, dala chetidagi ariqqa tashlab ketildi.

Esonovning yaqinlari hozirda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi klinikasida muolaja olayotgan jurnalistning ahvoli qoniqarli ekanini aytgan. 

Toshkent viloyati Zangiota tumani IIB tergov bo‘limi jurnalistga hujum qilgan ikki nafar shaxs qo‘lga olinganligini, ularning yonidan jurnalist Baxtiyor Esonovning 1,1 million so‘m puli, Redmi rusumli uyali aloqa telefoni hamda xizmat guvohnomasi topilganligini ma’lum qilgan.

Dastlabki surishtiruvlarga ko‘ra, 21 noyabr kuni ishdan qaytayotgan muxbir xususiy kirakashlar mashinasiga o‘tirgan. Haydovchi Toshkent viloyati Zangiota tumani Nazarbek qo‘rg‘oniga yetmasdan rulni yaydoq dala chetiga burib, jurnalistdan pul va boshqa ashyolarini chiqarishini talab qilgan. So‘ngra uni ikki noma’lum shaxs urib, “o‘ldi” degan gumon bilan dala chetidagi ariqqa tashlab ketishgan.

Shifokorlar xulosasiga ko‘ra, kaltaklanish oqibatida jurnalistning tishlari singan, tanasida og‘ir gematoma asoratlari bor, bosh qismida esa jiddiy jarohatlar mavjud.

Shuningdek, uning tana qismida ko‘plab shilinmalar, ichki qon ketishi va tana a’zolarining sinishi bilan bog‘liq jarohatlar bor.

Ayni paytda B. Esonovning o‘zi kaltaklanishiga kasbiy faoliyati sabab bo‘lgani ehtimoldan yiroq ekanini qayd etdi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ariqqa, toshkent, Kirakash, dala, kaltaklab, jurnalistni | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя