Главная » 2016 » Декабрь » 9 » Kisel iching — kasal bo‘lmaysiz!
15:47

Kisel iching — kasal bo‘lmaysiz!


Kiselning organizmga foydasi beqiyos. U oshqozon-ichak faoliyatini yaxshilaydi, gastrit va oshqozon yarasini davolaydi.

1.     Disbakteriozni davolashda aynan kisel yordamga keladi. Shifokorlar bu xastalikdan aziyat chekayotgan bemorlarning kunlik rasioniga kisel iste’molini kiritishni tavsiya etishmoqda.

2.     Kiselning foydali xususiyatlari, uning qaysi meva asosida tayyorlanganligiga qarab belgilanadi. Masalan, suli yormasidan tayyorlangan kisel foydaga konligi bilan qolgan turlaridan ustun sanaladi.  

3.     Chernikali kisel esa ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi, organizmni turli xil infeksiyalardan xalos etadi.

4.     Gipovitaminoz va kamqonlikda, shuningdek, ovqat hazm qilishni yaxshilashda olmali kisel ayni muddao. Har chanqaganingizda suv o‘rniga olmali kiseldan ichib tursangiz bu kasalliklardan qutulishingiz oson kechadi.

5.     Jigar va o‘t pufagi kasalliklarida chetan(ryabina)li kisel tavsiya etiladi. Uning  safro tarkibini yaxshilash, ichni yumshatish va siydik xaydash xususiyatlariga ham ega.

6.     Iliq olchali kiselni nafas olish organlari va o‘pka shamollashida bir kunda 3 martadan iching. Olcha tarkibidagi antiseptik moddalar bu dardlardan xalos bo‘lishingizga ko‘maklashadi.

7.     Klyukvali kisel tarkibidagi vitamin S va asetilsalisil kislotasi shamollash va grippdan bir zumda tuzatadi. Barcha turdagi kiselni davo topish maqsadida ovqatlanib bo‘lgandan so‘ng qabul qilish tavsiya etiladi.

8.     Kiselning xavfli va zararli xususiyati ham yo‘q emas! Uning tarkibidagi kraxmal moddasi uglevodning qo‘shimcha manbai bo‘lib, me’yordan ortiq iste’mol qilinganda vaznning oshishiga sabab bo‘ladi  va allergiya chaqiradi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Salomatlik | | Теги: kasal bo‘lmaysiz, iching, Kisel | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя