Главная » 2020 » Январь » 9 » Kitoblar qanday ruhiy muammolardan davolaydi?
23:35

Kitoblar qanday ruhiy muammolardan davolaydi?


Kitoblarning davolashda ishlatilishi haqida eshitganmisiz? Psixologlar oʻz mijozlariga kitoblar tavsiya qilishi, kitob orqali patsient oʻz muammosidan chiqish yoʻlini topa olishi mumkin.

Masalan, psixolog sizning muammongiz bilan tanishgach, aynan shu yoki shunga oʻxshash muammoga duch kelgan odam haqidagi badiiy kitob (biografiya yoki avtobiografik asar boʻlishi ham mumkin)ni tavsiya qiladi. Kitobni oʻqib, qahramon bilan maʼlum bir yoʻllarni bosib oʻtar ekansiz, sizga insaytlar (avval maʼlum boʻlmagan yechimni toʻsatdan anglash) keladi.

Psixolog sizga istalgan janrdagi, mazmundagi kitoblarni tavsiya qilishi mumkin. Ularning har biri oʻziga xos holatlarga moʻljallangan.  

Masalan:

• Detektiv va sarguzasht kitoblar real vaziyatdan chalgʻishga yordam beradi.

• Ilmiy-fantastik adabiyot faollikka chorlaydi va tasavvurni kuchaytiradi.

• Tarixiy asarlar hayotdagi maqsadni aniqlashtirishga yordam beradi.

• Diniy, axloqiy kitoblar insonparvarlik, sabrni tarbiyalaydi.

• Hayvonlar haqidagi kitoblar tinchlantiradi.

• Sanʼat haqidagi kitoblar hayrat hissini beradi.

• Yumor va satira janridagi asarlar ijobiy kayfiyat ulashadi va psixologik himoyaga oʻrgatadi.

• Ilmiy kitoblar oʻz muammosi haqida yaxshiroq axborot olishga xizmat qiladi.

• Aforizmlar toʻplami fikrlarni tartiblaydi va tiniqlashtiradi.

• Badiiy adabiyot (klassika) esa har tomonlama taʼsir qila oladi.

Kitob nafaqat bilim va dunyoqarashni oshirishda, balki ruhiyatimizga muvozanat berishda ham foydali ekanini anglagandirsiz?


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя